Davlat bojxona qoʻmitasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi
Tayinlovlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi PQ-5066-sonli Qaroriga muvofiq shu kunga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Qodirov Oʻtkirjon Gʻayratovich Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.